AsosiySport

O`zbekistonlik dzyudo bo`yicha jahon chempionlari Gran-Prida ishtirok etishadi

Shu yilning 4 iyul kuni Mo`g`iliston poytaxti Ulan-Bator shahrida dzyudo kurashi bo`yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnirga start beriladi. 

uz24.uz nashrining xabar berishicha ushbu  musobaqada 2016 yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o`tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o`yinlarining yo`llanmalari uchun reyting ochkolar ham o`ynaladi. 

Musobaqada butun dunyodan kelgan dzyudo ustalari qatorida O`zbekistonlik dzyudochilar ham ishtirok etishadi. Yodingizda bo`lsa, 2011 yili dzyudo bo`yicha mutlaq jahon chempioni unvonini qo`lga kiritgan yurtdoshimiz Abdulla Tangriev ikki yillik diskvalifikasiyani o`tayotgan edi. Ushbu muddat o`z nihoyasiga etganligi sababli u ham musobaqada ishtirok etishi mumkin.
Mazkur Gran-Pri turnirida quyidagi sportchilarimiz g`oliblik uchun kurash olib boradilar: 

Bahrom Inoyatov (- 60 kg), Ulug`bek Norqobilov (- 66 kg), G`iyosjon Boboev (- 73 kg), Shahzod Sobirov (- 81 kg), Kamoliddin Xolmamatov (- 90 kg), Davronbek Sattorov (- 90 kg), Faxriddin Sharipov (- 100 kg), Erbol Rustamov (- 100 kg), Abdulla Tangriev (+ 100 kg), Muqaddas Kubeeva (- 48 kg) va Gulnoza Matniyozova (- 70 kg).

    Boshqa yangiliklar