Braziliyada bo`lib o`tayotgan futbol bo`yicha Jahon chempionati ishtirokchilari chorak final uchrashuvlarini o`tkazishmoqda.
Kecha Germaniya Fransiya terma jamoasini 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Uchrashuvdagi yagona golni 12 daqiqada Xummels boshi bilan kiritdi.
Yarim finalda Germaniyaga musobaqa mezboni Braziliya terma jamoasi qarshilik ko`rsatadi. Braziliya kechagi uchrashuvda qiyinchilik bilan Kolumbiya terma jamoasini mag`lubiyatga uchratdi - 2:1.
Ushbu uchrashuvda Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar umurtqa pog`onasidan jarohat oldi. OAVlari tarqatgan xabarlarga ko`ra, Neymar uchun Jahon chempionati yakunlandi va endi u boshqa terma jamoasi uchun yordam berolmaydi.
Bugun 21:00 da Argentina-Belgiya, 01:00da Gollandiya-Kosta-Rika terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvlar bo`lib o`tadi.
Eslatib o`tamiz, Gollandiya-Kosta-Rika uchrashuvini hamyurtimiz Ravshan Ermatov olib boradi. Shu bilan Ermatov jahon chempionatlarida 9 uchrashuvni boshqargan yagona hakamga aylanadi.