AsosiyDunyo

Putin: “JCh-2018 ishtirokchilari va muxlislari Rossiyaga vizasiz kelishlari mumkin”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018 yilgi futbol bo`yicha jahon chempionatida sportchilar, hakamlar, murabbiylar va hatto muxlislarga Rossiyaga vizasiz tashrifni  va`da qildi.

Hozirda Jahon chempionati tashkilotida ishtirok etayotgan chet elliklar uchun ijtimoiy imtiyozli viza tartibi to`g`risida federal qonun qabul qilingan.  “Musobaqa davrida nafaqat rasmiy ishtirokchilar - sportchilar, hakamlar, murabbiylar va hatto futbol muxlislari ham Rossiyaga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin bo`ladi”,-dedi Vladimir Putin “ITAR-TASS” agentligiga bergan intervyusida.

Shuningdek, prezident ushbu tartib futbol musobaqalari tarixida ilk bor kuzatilishini ham qayd qilib o`tdi.

Eslatib o`tamiz, Vladimir Putin 13 iyul kuni Braziliyada bo`lib o`tayotgan futbol bo`yicha jahon chempionati final uchrashuviga keyingi jahon chempionatini qabul qiluvchi mamlakat rahbari sifatida tashrif buyuradi. 

Final uchrashuvidan so`ng estafetani Rossiya qabul qilish marosimi bo`lib o`tadi. 

    Boshqa yangiliklar