AsosiyDunyo

Mehmonxona xodimi mijozning 300 ming dollarlik mashinasini urib oldi (VIDEO)

Nyu-Delidagi besh yulduzli mehmonxona xodimi qimmat baho xatoga yo`l qo`ydi.

Xizmatchi mijozning mashinasini turargohga joylayotgan vaqtda urib olgan.   Narxi 300 ming AQSh dollariga teng bo`lgan Lamborghini Gallardo Spyder avtomobilini ta`mirga muhtoj holatga keldi.

O`tgan haftada sodir bo`lgan voqeani mehmonxona kuzatuv kameralari yozib oldi.

Mehmonxona xodimi boshqaruvni yo`qotib, turargohda turgan avtomobilga kelib uriladi va u boshqa bir avtomobilga borib uriladi.    

The Times Of India nashrining yozishicha, qimmat baho avtomobilga jiddiy zarar etmagan. Mehmonxona xodimi esa o`sha kunning o`zida shifoxonadan chiqqan.

Ma`lum bo`lishicha,  avtomobil qurilish biznes bilan shug`ullanuvchi Obid Faet Maxammad Kxatri ismli shaxsga tegishli bo`lgan.

Avtomobilga etgan zararni qoplash maqsadida mehmonxona va uning Arun Kumar ismli xodimiga nisbatan jinoiy ish ochildi. Odatda avtomobilning ta`miri yangisiga nisbatan arzonroqqa tushadi. Ammo, uni ta`mirlash uchun mashinani Evropaga olib borish kerak bo`ladi. Bu esa o`z navbatida xarajatni ikki barovarga qimmatlashtiradi.  Xabar qilinishicha, avtomobilni ta`mirlash 300 ming AQSh dollariga tushadi.

    Boshqa yangiliklar