FIFA hakamlar qo`mitasi raisi Massimo Buzakka Rio-De-Janeyroda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida nega Ravshan Ermatov final uchrashuviga tayinlanmaganini aytib o`tdi.
“Ravshan Ermatov Evropa va Janubiy Amerikadan bo`lmaganligi uchun finalni boshqarishga asosiy da`vogarlardan biri edi. Ammo, Ravshan doim u bilan ishlaydigan yordamchilarga ega emas”,-dedi Massimo Buzakka.
Eslatib o`tamiz, to`rt yil avval JAR maydonlarida bo`lib o`tgan JChda Ravshan Ermatovga qanotlarda Rafael Ilyasov va qirg`izistonlik Bahodir Qo`chqorovlar yordam berishgan edi. Bu yilgi musobaqada esa Rafael Ilyasov o`rniga Abduhamidillo Rasulov ishladi.





