AsosiySport

Globoesporte: "Argentina ma`muriyati Ermatovni tayinlanishiga yo`l qo`ymadi"

Braziliyaning Globoesporte nashri Argentina delegasiyasining final oldidan qilgan harakatlarini tanqid ostiga oldi.

Braziliya matbuoti xabarlariga ko`ra,  Argentina terma jamoasi shtabi ma`muriyati a`zolari Germaniyaga qarshi uchrashuvni italiyalik Nikola Rissoli boshqarishini talab qilishgan. Shu bilan birga, ular Braziliyadagi jahon chempionati ishtirokchilari qatorida eng yaxshi reytingga ega bo`lgan o`zbekistonlik Ravshan Ermatovni final uchrashuviga tayinlanishiga yo`l qo`yishmadi.

Germaniya terma jamoasi esa uchrashuvga o`zbekistonlik Ravshan Ermatov yoki shvesiyalik Erikssonni tayinlashni so`ragan.

Qiziqarli tomoni, bu Rissoli uchun JChda Argentina ishtirokidagi uchinchi uchrashuvni boshqargan bo`ladi. Bunga qadar, u  argentinaliklar g`alaba qozongan Nigeriya va Belgiyaga qarshi uchrashuvlarini boshqargan.

    Boshqa yangiliklar