O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Alisher Fayz har yilgi an`anasiga sodiq qolgan holda, may oyida “Vasling izlab” nomli 5 kunlik konsert dasturini muxlislarga taqdim etdi. 9-mayda start olgan konsert dasturi Xalqlar do`stligi majmuasining ochilishi kuniga to`g`ri keldi. Shu kuni maydon markazi va saroy san`at ixlosmandlari bilan to`ldi...
Konsertni qiziqchi Botirxon Imomxo`jaev olib bordi.
Alisher Fayz o`zining o`n birinchi yakkaxon konsert dasturini «Diyorimizga» qo`shig`i bilan boshladi.
Xonanda muxlislari bilan salomlashib, tashrif buyurganlarga o`z tashakkurini izhor qildi. Va san`at saroyi atrofida yuz bergan o`zgarishlarni e`tirof etdi.
Konser dasturida “Kammi?” qo`shig`iga o`zining betakror raqsi bilan muxlislarni xushnud etgan professional raqqosa Iroda Ismoilova konsert dasturidan so`ng Alisher Fayzning ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida shunday izoh qoldirgan.
Raqqosa Shodiyora Omonovaning “Shodiyona” raqs ansamblining jajji qizaloqlari xonandaning “Qaldirg`och” qo`shig`iga raqs ijro etishni. Alisher Fayz “Bugun mazkur ansambl ilk bor katta sahnaga chiqdi. Kelajakda bu qizlarimiz qaysi sohani tanlashini bilmadim. Lekin bugungi kunni bir umr yoddan chiqarmasliklari aniq”, deya jajji qizaloqlarning hursandchiligiga sherik bo`ldi.
Har yilgi konsertida ustoz san`atkorlarning ijodiga murojaat qilishni an`anaga aylantirgan Alisher Fayz bu yilgi konsert dasturida O`zbekiston xalq artisti Nuriddin Haydarovning “Yur muhabbat” qo`shig`ini kuyladi.
Xonanda konsertiga qaysi viloyatdan ko`proq muxlis tashrif buyurganini aniqlash maqsadida «Bog`im bor» qo`shig`ini qo`liga tor olib kuyladi. Muxlislar esa o`zlari istiqomat qiladigan viloyat nomi tilga olinganda olqish va qiyqiriqlar bilan xonandani qo`llab-quvvatlashdi.
“Har yili may oyida konsert beramiz-u, lekin sira sinfdoshlar haqida qo`shiq kuylamagan ekanman. Masalan, men maktabni tamomlaganimga 18 yil bo`ldi...” deya “Sinfdosh” haqidagi qo`shig`ini taqdim etdi. Muborak Mirzaeva boshchiligidagi “Sabo” raqs ansamblining raqqos va raqqosalari ajoyib sahna ko`rinishini taqdim etishdi.
Xonanda bu yilgi konsertida ukasi – xonanda Xurshid Turdievni yana bir karra muxlislar qarshisiga olib chiqdi. Xurshid Turdiev “Alisher Fayzning ukasiman” qo`shig`ini ijro etdi. Talablarga ko`ra jonli ijroda bir bir qo`shiq ham kuylab berdi.
Xonandaning sovchilar mavzusida kuylangan «Talabdi» qo`shig`iga o`zbek milliy akademik drama teatrining aktyorlari Dilbar Ikromova, Feruza Boboyorova, Sobirjon Otajonov, Zilola Nabieva kutilmagan sahna ko`rinishini taqdim etishdi. Tarbiyaviy aµamiyatga ega hamda bugunning ortiqcha sarf-harajat, sarpolar bilan bog`liq eng og`riqli muammosini aks ettirgan bu chiqish muxlislarni kerakli xulosa chiqarishga undasa ajabmas.
Ikkinchi blokda ijro etilgan «Sog`indim» taronasining she`ri xonandaning ukasi Xurshid Turdiev qalamiga mansub.
Alisher Fayzning ona haqidagi monologi tomoshabinlarning etini jimirlatgani shubhasiz. Buni davomiy qarsaklardan bilish mumkin edi.
Dasturda qiziqchi Avaz Oxunning chiqishi ham hech kimni befarq qoldirmadi. Avaz Oxun matni sayoz qo`shiqlarni tahlil qilib, xonandalarga ko`zgu tutdi. Va muxlislarga ko`tarinki kayfiyat ulashdi.
Sahna va zalda chiroqlar o`chdi... Xonandaning ta`sirli monologidan so`ng sahnada beshik tebratib o`tirgan buvi namoyon bo`ldi. Alisher Fayz buvisini xotirlab, “Buvijon” qo`shig`ini ijro etdi. Qo`shiq davomida sahnada buvi va nabiraning hayoti aks etgan sahna ko`rinishi namoyish qilindi. Eng so`nggi sahna ko`rinishida Alisher Fayz buvining tizzasiga bosh qo`ygancha, ko`zyoshlarini tuta olmadi. Buvi rolini ustoz san`atkor Dilbar Ikromova ijro etdi.
Konsert davomida Alisher Fayz ustozi O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “Saharda” qo`shig`ini ijro etib, muxlislarni raqsga chorladi. Mazkur qo`shiq she`ri xonandaning qalamiga mansub.
Raqqosa Shodiyora Omonovani xonandaning kliplarida ko`p ko`rganmiz. Lekin Alisher Fayzning konsertida ilk bor "Xay-xay" qo`shig`i raqsi bilan sahnaga chiqdi.
Xonanda bu yilgi konsert dasturida Muborak Mirzaeva badiiy raxbarligidagi "Sabo" raqs ansambli bilan ilk bor hamkorlik qildi.
a`kidlashimiz joiz, Alisher Fayzning bu yilgi konsertining fayzli va chiroyli o`tishida rejissyor Lutfulla Allaqulovning hissasi katta.