Xalqaro futbol uyushmalari federasiyasi – FIFA milliy terma jamoalarning yangi reytingini e`lon qildi.
Unga ko`ra, O`zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi oy reytingidan 7 pog`ona yuqorilagan holda jahon reytingida 52-o`rinda bormoqda. Bu haqda O`FF rasmiy sayti xabar bermoqda.
O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo miqyosida bir o`rin yuqoriladi va qit`a peshqadami Yaponiya (45) va Eron (49)dan keyingi o`rinni egallab turibdi. O`zbekistondan keyingi ikki o`rinni esa Janubiy Koreya (56) va BAA (65) terma jamolari band etishgan. Jahon chempionati ishtirokchisi Avstraliya (76) esa qit`ada 6-o`ringa o`ringa tushib ketgan.
Qayd etish joiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi-2015 final bosqichi “V” guruhidagi raqiblari orasida peshqadam bo`lib turibdi. Guruhda, O`zbekiston va Saudiya Arabistonidan (jahonda 78) tashqari, Xitoy (jahonda 94) va KXDR (jahonda 147) terma jamoalari o`rin olgan.
MDH, Gruziya va Boltiqbo`yi mamlakatlari orasida O`zbekiston milliy terma jamoasi Ukraina (jahonda 22-o`rinn), Rossiya (23) va Armaniston (41)dan so`ng to`rtinchi o`rinni band etgan.
Jahon reytingida esa amaldagi jahon chempionlari Germaniya peshqadamga aylanib oldi. Germaniya terma jamoasidan keyingi o`rinlarda Argentina va Gollandiya terma jamoalari o`rin olishgan. Jahon reytingining to`liq ko`rinishi bilan FIFA rasmiy saytida tanishish mumkin.





