21 iyul kuni Gruziya bosh vaziri hukumatda bir qator o`zgartirishlar kiritilgani haqida ma`lum qildi. Bu haqda “Gruziya – Novosti” nashri xabar bermoqda.
O`zgarishlar davomida 7 nafar vazir o`z lavozimidan ozod etildi. Ular Gruziya madaniyat va yodgorliklarni qo`riqlash vaziri, atrof-muhit va tabiiy resurslar vazirligi, qochoqlar bo`yicha vazirlik, qishloq ho`jaligi vazirligi, mintaqaviy rivojlanish va infrastruktura vazirligi, jazoni amalga oshirish vazirligi va diaspora savollari bo`yicha vazir o`z lavozimini tark etdi.





