Donesklik ko`ngilli askarlar Ukraina hududida qulagan samolyotning topilgan 2 ta “qora qutisi”ni malayziyalik ekspertlarga taqdim etishdi.
Mutaxassislar qurilma yaxshi holatda ekanligini tasdiqlashdi. Bu haqda Vesti.ru sayti xabar bermoqda.
Hozirda 12 nafar Malayziya hukumati vakillari Doneskka etib borishgan. Yaqin kunlarda esa layner “qora qutisi” tahlil qilinib, samolyot nima sababdan qulagani aniqlanadi.
Eslatib o`tamiz, Ukraina hududida qulagan Malayziya layneri urib tushirilgan bo`lishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Amsterdam-Kuala-Lumpur reysi bo`yicha uchgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti 17 iyul kuni Ukrainaning Donesk viloyatida quladi. Layner bortida bo`lgan barcha 298 kishi halok bo`lgan.





