1

Bashorat: Yorqin lahzalarga boy hafta!

Munajjimlar bashorati 28.05.2018, 09:32
Bashorat: Yorqin lahzalarga boy hafta!

28 may — 3 iyun, 2018 yil

Hamal

Bu hafta «hamal»lar ehtiyotkor bo`lishgani ma`qul. Siringiz raqiblarga oshkor bo`lib qolishi mumkin. Seshanba kuni muammolarni bartaraf etish bilan band bo`lasiz. Hafta o`rtasida foydali takliflar olasiz. Ularni amalga oshirishda shoshilmang.

Sog`ligingizga e`tiborli bo`ling. Shifokor ko`rsatmasisiz biror dori iste`mol qilmang. Dam olish kunlari oilangiz bilan maroqli hordiq chiqarasiz.

Savr

Savr burji sohiblari uchun bu hafta muhim uchrashuvlarga boy bo`ladi. Hamkorlar bilan imzolagan shartnomangiz ijobiy samara berib, moliyaviy ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Ortiqcha xarajatlar qilmay, pulingizni tejab, reja bilan sarflasangiz hammasi yaxshi bo`lishi kutilmoqda.

Salomatligingizga ham jiddiy e`tibor qarating. Ishlaringizni o`z vaqtida bajarib, yozgi ta`tilga puxta reja tuzing.

Javzo

Haftaning birinchi yarmida moliyaviy bonuslarga ega bo`lasiz. Biznes borasida ham muvaffaqiyatga erishasiz. Xizmat lovozimingiz oshishi mumkin. Hamkasblaringizga bergan va`dangizni bajarishga harakat qiling. Ularga oilaviy sirlaringizni oshkor etmang. Juma — farzandlaringiz bilan turli ko`ngilochar maskanlarga borish uchun qulay kun.

Saraton

Hayotingizda tub burilish yuz beradi. Natijada ko`plabmuvaffaqiyatlarga erishasiz. Yodda qolarli ishlarni amalga oshirasiz. Mehnatkashligingiz tufayli katta yutuqlarni qo`lga kiritasiz. Ammo ish bilan bo`lib yaqinlaringizni unutib qo`ymang. Ular bilan sodir bo`lishi mumkin bo`lgan ko`ngilsizlikning oldini oling. Dam olish kunlarini farzandlaringiz bilan birga o`tkazing.

Asad

Hafta boshida biznes hamkorlar bilan muhim shartnoma imzolaysiz. Moliyaviy masalalarni hal etishda oltin o`rtaliqni tanlang. Xarajatlardan qochib, foydali takliflarni rad etmang. Siz ishdan bo`yin tovlamaydiganlar toifasidansiz. Shu bois ham mehnatingiz munosib taqdirlanadi.

Hafta oxirida mansab pillapoyalaridan yuqorilab, daromadingiz oshishi kutilmoqda. Dam olish kunlarini oilangiz davrasida o`tkazing.

Sunbula

Bu hafta «sunbula»larga omad kulib boqadi. Mehnatingiz munosib baholanib, rag`batlantirilasiz. Bundanerkalanib ketmang!

Haftaning ikkinchi yarmida kasbiy mahoratingizni yanada oshirish uchun qulay imkoniyat bo`ladi. Natijada muammolaringizga samarali echim topasiz. Ortiqcha hissiyotlarga berilmang.

Haftaning ikkinchi yarmida oilali «sunbula»larga e`tiborni farzandlariga qaratishni maslahat beramiz.

Mezon

Bu hafta sizdan tartib-intizomli bo`lish talab etiladi. ²amkasblaringizning munosabatidan asabingizni buzmang. Yangi joydan ish taklif qilinishi mumkin. Balki bu borada ham jiddiy o`ylab ko`rarsiz.

Haftaning ikkinchi yarmi yorqin lahzalarga boy bo`lishi kutilmoqda. Faqat sirlaringizni hech kimga oshkor etmang. Ana shunda hammasi yaxshi bo`ladi.

Aqrab

Bu hafta kutilmagan hodisalarga boy. Uyda ham, ishda ham hamma sizni qo`llab-quvvatlaydi. Hafta boshida moliyaviy masalalarni hal etish uchun qulay fursat tug`iladi. Faqat undan unumli foydalaning. Chunki ayni imkoniyat qayta bo`lmasligi mumkin.

Ish bilan bo`lib, farzandlaringizni esdan chiqarib qo`ymang. Ularga bergan va`dangizni bajarishning vaqti keldi.

Qavs

Bu hafta o`zingizga yoqqan ishlarni bajarishga fursat tug`iladi. Ularni amalga oshirish uchun sizdan ko`p kuch talab etilmaydi. Biznes hamkorlar bilan muhim shartnomalar imzolaysiz. Ularning ham fikrini inobatga olsangiz yutqazmaysiz. Faqat o`zingizga ishonchli yordamchi toping. Hafta oxirida do`stlar bilan uchrashib, dildan suhbatlashasiz.

Jadiy

Hafta boshidayoq bir nechta foydali bitimlar imzolaysiz. Faqat muammolardan cho`chib, shoshma-shosharlikka yo`l qo`ymang. Oldingizga aniq maqsad qo`ying.

Moliyaviy ahvolingiz barqaror bo`ladi. Sog`ligingiz bezovta qilyaptimi, o`z vaqtida shifokorga murojaat eting. Dam olish kunini oila davrasida o`tkazing.

Dalv

Zerikarli va bir xil davom etayotgan kunlarga barham berish payti keldi. Ko`ngliga quloq soling. Muhimi, bu hafta moddiy ahvolingizni tiklab olish uchun qulay imkoniyatlar tug`iladi. Hafta so`ngida oilaviy dam olish uchun ham vaqt toping. Sayohatga chiqasizmi, kino va teatrga borasizmi o`zingiz tanlang.

Hut

Hafta boshida moliyaviy sohada o`zgarishlar bo`lishi mumkin, ammo juda katta xaridlarni rejalashtirmang. Tanish va ishonchli bo`lsa-da, hech kimga siringizni oshkor etmang. Muhim uchrashuvlarni keyingi haftaga qoldirganingiz ma`qul.

Haftaning ikkinchi yarmida kasbiy mahoratingizni oshirish uchun imkon tug`iladi. Bundan unumli foydalaning.

Sharhlar

O`qishga tavsiya qilamiz

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1