1

Qaddingizni tik tuting, yuzingizga ajin tushmaydi!

SUG'DIYONA 28.05.2018, 12:37
Qaddingizni tik tuting, yuzingizga ajin tushmaydi!

Eng qimmat va sifatli parvarishlash vositalariyu kosmetologik muolajalar ham ish bermaydi, agarki siz quyidagi odatlarni bajarishda davom etsangiz!

Qanday uxlaysiz?

Qorin bilan yotish yoki yonboshlaganda yuzni yostiqqa tegib turishi mimik ajinlarni bir yayratadiki, asti so`ramang. Shu alfozda orom olishni kanda qilmasangiz, 35 yoshdan so`ng ajinlar chuqurlashadi.

Qahva ichayapsizmi? Shu issiqda-ya?

Dunyoga mashhur model Sindi Kroufordning chiroyli qomat siri, kun davomida ikki-ikki yarim litrgacha suyuqlik ichish! Ammo bu qahva yo gazlangan ichimlik degani emas! Bordi-yu kofein miqdori yuqori bo`lgan ichimliklardan voz kecha olmasangiz, keksayish alomatlari uzoq kuttirmasligini bilib qo`ying. Eng ma`quli ko`k choy!

Yana pilingmi?

35 yoshdan so`ng piling vositalari juda mayda tarkibli bo`lishi kerak, negaki bu paytda yuz terisining jarohatlanish xavfi yuqori bo`ladi. Tez-tez skrab, gommaj, ko`piruvchi gellardan foydalanish zarar! Zaruriyat tug`ilganida bir oyda bir marta, yoki mavsumga moslab o`tkazing.

Egilmang!

Bu haqida juda ko`p gapirsak-da, umurtqani tik tutish qoidasiga amal qiladiganlar ozchilikni tashkil qiladi. Qorin mushaklarining sustligi, elka va bel og`riqlari aynan qaddingizni tik tutolmasligingiz natijasi. Buyog`iga nima qilishni bildingiz-a?..

Sochingizni tarang!

Faqat ertalab, sochni turmaklayotganda emas, uyquga yotishdan oldin ham bir – ikki marotaba sochni tarash lozim. Bu qon aylanishini yaxshilaydi. Mabodo, taroq bilan kelishmaydiganlardan bo`lsangiz, soch to`kilishi boshlansa attang qilib yurmang.

Poyabzalingiz siqmayaptimi?

Gap shundaki, tor bichimli, oyoqqa yopishib turadigan poyabzallar qon aylanishining buzilishi hamda tuxumdonlar faoliyatiga nojo`ya ta`sir ko`rsatishi mumkin. Ayniqsa, reproduktiv yoshdagi ayollar uchun bunday oyoq kiyimlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1