AsosiySport

Arablar Mirjalol Qosimovni kuzatishmoqda

O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov arab klublari nazariga tushgan ko`rinadi.

Uff.uz saytining ishonchli manbalariga tayanib xabar berishicha, Dubay shahri nomini himoya qiladigan klublardan biri Mirjalol Qosimovni kuzatmoqda. “Ularda terma jamoamiz ustoziga taklif bilan chiqish rejasi bor”,-deyiladi xabarda.

Shuningdek, saytning xabar berishicha, Mirjalol Qosimov bilan Qozog`iston klublari ham qiziqayotgani haqida ma`lumotlar bor. Hozircha, ular bosh murabbiyimizga chiqish variantini o`rganishmoqda.

“To`g`ri, buning uchun Qosimov O`zbekistondagi barcha terma jamoalardan ozod bo`lishi kerak va aynan shuni arablar kutishmoqda. Ular Qosimovga kuchli murabbiy sifatida qarashyapti”,-deya yozadi sayt.

    Boshqa yangiliklar