AsosiyMutolaa

Baxtni his qilish, haqiqatni anglash uchun vaqt kerak

'Baxtni his qilish, haqiqatni anglash uchun vaqt kerak'ning rasmi

Hayot kutilmagan tuhfalari va takliflari bilan insonlarni sinaydi. Baxtni his qilish, haqiqatni anglash uchun vaqt kerakligining hikmati shunda. Fursat etib anglaysiz...

TO`RTINChI QIZ

«Men o`zimni uchayotgandek his qildim. Yo`q, qo`llarim qanotga aylanmagan, qizim qanotim bo`lib qolgan.

— Buncha aqlli qiz bo`lmasa, ismi nima ekan?

— Robiya, — qizalog`imni bag`rimga tortdim.

— To`rtinchi qizingizmi? — ayol qo`llarini biz tomon uzatib, qizimning yuzlaridan silab qo`ydi.

— Ha, to`rtinchi, — deya aqlliginamning sochlaridan o`pdim.

— O`shanda gaplaringizga farishtalar omin degan ekan, — dedim tug`ruqxonaga shirguruch pishirib kelgan qaynonam ahvolimni so`rashi bilan.

— Qizimiz Robiya ham hammaning mehrini qozona oladigan, siz bilan o`g`limga rahmat olib keladigan farzand bo`lsin, — deya u kishi chaqaloqni qo`llariga oldi.

— Odobi o`zidek chiroyli ekan, — yoshi kattaroq ayol shunday deya suhbatga qo`shildi-yu, Robiyani duo qildi».

— O`qituvchilar sizni juda maqtashdi. Shuncha bilim bilan o`qishga kech kirganingiz qiziq, — dedi u sinovchan boqib.

— Naq besh yil oldin shu universitet tomidan yiqilganman, — hazil aralash javob qildim.

— Demak, ancha tayorlangansiz. Endi besh yillik tajribaga ega abiturientning bilimlari bekor ketmasligi kerak, vaqtida foydalanish lozim, — u stolni chertdi.

— G`afur, juda baland dorga osilgansan, — ustozim bir kuni meni qayg`urish asnosidaogohlantirdi. — Birinchi yil o`qishga kirishing kerak, shuning uchun nimadir qilish shart.

Robiyaga homiladorligimdayam qaynonam shu shifoxonada davolanayotgandi. O`shanda Robiya ismli hamshiraga mehri tushgandi. Bir kuni ko`rgani kelsam, uni maqtay ketdi.

— Qiz chaqaloq tug`ilsa, Robiya qo`yamiz ismini, — dedi havasmand qaynonam.

Indamay qoldim, ammo qaynonam xafa bo`lganimni sezmadi. U Robiyaxoning qo`li engil hamshiraligi, har doim kattayu kichikka yordam berishi, katta yoshlilarni o`z onasidek parvarishlashi haqida tinmay gapirishda davom etardi.

Men o`g`il kutayotgandim. Ichimdagi xavotir tufayli UZIga tushishga shoshmayotgandim.

Oy kunim etib, doyalar «Holva muborak» deganida qaynonamni yomon ko`rib ketdim.

Tug`ruqdan keyin ancha payt tushkun holatda yurdim. To`qqiz oy kutganim o`g`il farzand emasligi meni o`ksitardi. Bora-bora erimning «Bizni jannatiy qiladi qizlarimiz», deya bolalarimizni erkalashlari, chaqaloq va uning atrofida parvona qizaloqlarimning shirin qiliqlari tushkunlikni bulutdek tarqatdi.

Bugun qaynonamning shifoxonadan chiqishini kutib o`tirar ekanmiz, to`rt yashar qizimiz ukasi o`yinqaroqlik bilan otib yuborgan yaltiroq qog`ozlarni yig`ib, chiqindi chelakka tashlab keldi.


TAKRORLANMAGAN IMTIHON

«Imtihonlar tugab, oxirgi «5» sinov daftarchasiga qo`ngan, elkamdan tog` ag`darilgan. Xushkayfiyatda universitet hovlisida turarkanman meni fakultet dekani chaqirayotganini eshitib, shoshib qoldim. Xonasiga kirganimda doim qosh-qovog`i uyub yuradigan dekanimiz meni favqulodda ochiq chehra bilan qarshi oldi. Hatto, o`tirish uchun o`rindiqni ko`rsatdi. Qiziq?!

Xayolimda orzuga cho`milgan xayollar aylana boshladi. Menga biror ish taklif qilmoqchi shekilli. Lekin dekan bildirgan taklifni ish deb bo`lmasdi. Bu g`irt ko`zbo`yamachilik!

...Besh yil oldin liseyni tugatayotganimda hamma meni o`qishga, albatta, kiradi, derdi. Matematika fanini o`zlashtirishga qiynalayotgan tengdoshlarimga dars ham o`tardim. Bu bilan bilimim mustahkamlanib borardi. Hujjat topshirish uchun poytaxtga bir guruh o`quvchilar repetitorimiz boshchiligida keldik.

Imtihon oldida ming bilimingizga ishonmang, xasga ham, cho`pga ham yopishasiz. Buni abiturientlar yaxshi tushunishadi. Men ham boshqa kursdoshlarim kabi o`qituvchimiz topib kelgan «shpargalka»dan foydalanishga ko`ndim.

Imtihon kuni esa yil davomida to`plagan bilimlarimni sinovdan o`tkazishimga fursat ham bo`lmadi. Boshlanishi bilan qo`lga tushdim. Bizga tayinlangan nazoratchi qattiqqo`lgina ekan, test savollari varaqasini olib qo`ydi — o`qishdan yiqildim.

Alam ustida to`rt yil o`qishga umuman topshirmadim. O`qituvchim bizni chalg`itganidan jahlim qattiq chiqqandi. Beshinchi yil singlimni o`qishga tayyorlash asonosida darsliklar, testlarga ko`z yugurtirdim. Singlim «Agar senga boshingni qotirmasdan o`qishga kirish yo`lini taklif qilishsa, rozi bo`larmiding?» degan savolimga yo`q deya qat`iy javob bergach, adolatsizlikka rozi bo`lib, o`zim xatoga yo`l qo`yganimni tushunib etdim.

Bugun dekanimizning «Abituriet bo`lib imtihonda qatnashasan» degani men uchun sinovli taklif edi. Qani, pul uchun nohaqlikka rozimisan degan taqdirning taklifi. Albatta, YO`Q!»

Shoira ShAGIAІMEDOVA

    Boshqa yangiliklar