Belorussiya YPX xodimlari avtomashinasiga o`rnatilgan video registrator huquqni muhofaza qilish organlarining bir necha mashinani ortib olgan yuk mashinasini ortidan quvganlari tasvirini yozib oldi. Video youtube servisida eng ko`p ko`rilganlar orasida turibdi.
Ushbu yuk mashinasini to`xtatish uchun YPX xodimlari 90 ta o`q uzishdi. Ammo, yuk mashinasi yoqilg`isi tamom bo`lganidan so`nggina to`xtadi.
Ma`lumotlarga ko`ra, haydovchi mashinalarni Polshadan olib kelayotgan bo`lgan, ertalabdan esa u 200-300 gramm aroq va ozgina pivo ichgan ekan.





