AsosiySport

Muhammad Alining Jo Freyzerga yutkazgan jangidagi charm qo`lqopi sotildi

Afsonaviy bokschi Muhammad Alining 1971 yili Jo Freyzerga qarshi o`tkazgan jangidagi charm qo`lqoplari “Xeritej” auksion uyida 388 ming AQSh dollariga sotildi.

Ushbu jangda Muhammad Ali faoliyatida ilk mag`lubiyatini qabul qilib olgan. 
Charm qo`lqopning ichki qismida “1971 yil 30 mart Ali Freyzerga qarshi” yozuvi tushirilgan.

 “Asr jangi” deya atalgan ushbu bahs 15 raund davom etgan,  uchala hakam ham g`alabani Freyzerga berishgan. Shundan so`ng, Ali va Freyzer yana ikki bor ringda uchrashishdi. Ikkala jangda ham Ali g`alaba qozondi. 

    Boshqa yangiliklar