AsosiyDunyo

Germaniyada ikki poezd to`qnashib ketdi

Germaniyada ikki poezd to`qnashib ketishi oqibatida jabrlanganlar soni 35 kishiga etdi. Bu haqda Agence France-Presse nashri xabar bermoqda.

Avariya Mangeyme vokzalida sodir bo`ldi. Avstriyadan kelayotgan Eurocity yo`lovchi poezdi va Vengriyaga yo`l olgan mahsulot tashuvchi poezd to`qnashib ketdi. Oqibatda yo`lovchi poezdning ikki vagoni ag`darilib ketdi.

Jabrlanganlardan 14 nafari shifoxonaga etkazildi. Ulardan 4 nafarining ahvoli og`ir deb baholanmoqda.

Hozirda halokat sabablari aniqlashtirilmoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar