Shanba kuni tongda Xitoyning sharqiy qismidagi zavodlarning birida portlash yuz berdi. Halokat oqibatida 65 kishi halok bo`lgan, bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, portlash Szyansu provinsiyasi Kunshan shahridagi metallurgiya zavodida sodir bo`lgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, portlash oqibatida 120 kishi jarohatlangan.
Sinxua agentligi xabariga ko`ra, portlash mahalliy vaqt bilan 7:37 da sodir bo`lgan. Voqea joyida qutqaruvchi va shifokorlar xizmat ko`rsatishmoqda. Mahalliy hukumat voqea sabablarini o`rganmoqda. Tahminlarga ko`ra, portlashga ishlab chiqarishdagi avariya sabab bo`lgan bo`lishi mumkin.





