Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe kortejidagi bir necha avtomobil Braziliyaning San-Paulu shahrida yo`l transport hodisasiga uchradi.
Oqibatda delegasiyaning 12 a`zosi engil jarohatlandi. Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining xabar qilishicha, bosh vazir jabrlanmagan.
Xabarda yozilishicha, voqea bosh vazirning rasmiy uchrashuvlardan so`ng mehmonxonaga qaytishida, avtostradada sodir bo`ldi. umumiy hisobda Yaponiya TIV xodimlari bo`lgan uchta avtomobil to`qnashib ketgan. Barcha jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonaga etkazildi. Bosh vazir avtomobiliga esa YTH oqibatida zarar etmadi va u mehmonxonaga etib bordi.





