1

Haftalik bashorat: Maroqli yoz boshlandi!

Munajjimlar bashorati 04.06.2018, 09:47
Haftalik bashorat: Maroqli yoz boshlandi!

4—10 iyun, 2018 yil.

Hamal

Siz uchun bu hafta sinovlarga boy bo`ladi. O`z kuch va bilimingizga ishonib, dadil harakat qilsangiz, barchasidan osongina o`ta olasiz. Aks holda ziddiyatlarga duch kelishingiz mumkin.

Moliyaviy holatingiz barqaror bo`ladi. Juda muhim bo`lmasa hamkorlar bilan tuziladigan shartnomani keyingi haftaga qoldiring. Dam olish kunlari tabiat bag`riga sayrga chiqing.

Savr

Bu hafta siz uchun yorqin lahzalarga boy bo`ladi. Taqdir tuhfalaridan boshingiz ko`kka etadi. Hamkasblaringiz takliflaringizni jon deb qo`llab-quvvatlashadi. Rahbaringiz ham munosib e`tirof etadi. Natijada mo`may daromadga ega bo`lasiz. Ko`pdan beri rejalashtirib yurgan xaridlaringizni amalga oshirasiz. Dam olish kunlari do`stlar bilan uchrashib, maroqli hordiq chiqarasiz.

Javzo

Haftaning birinchi yarmida muhim shartnomalar imzolaysiz. Lekin undan darrov foyda kelishini kutmang. Biroz sabr qilsangiz, xohlaganingizdan ham yaxshiroq daromadga ega bo`lasiz. Sizdagi tashabbuskorlik yon-atrofingizdagilarning e`tiborini jalb etadi. Yangi takliflar bo`lishi mumkin. Ularni qabul qilishda «Etti o`lchab, bir kes» maqoliga amal qiling. Dam olish kunlarini oila davrasida o`tkazing.

Saraton

Asosiy e`tiborni oilangizga qaratasiz. Mavjud muammolarning barchasi o`z echimini topadi. Moliyaviy jihatdan ham ahvolingiz ancha yaxshilanishi kutilmoqda. Ro`zg`or uchun muhim xaridlarni amalga oshirasiz. Bundan barcha oila a`zolaringiz xursand bo`lishadi. Ishda ham yangi g`oya va takliflar boshlig`ingiz tomonidan ma`qullanadi. Yakshanba — yaqinlarni yo`qlash uchun qulay fursat.

Asad

Biznes hamkorlar bilan ko`pdan beri rejalashtirib yurilgan shartnomalarni imzolaysiz. Faqat shoshma-shosharlikka yo`l qo`ymang. Aks holda, ziddiyatli vaziyatlarga duch kelishingiz mumkin. Zarur bo`lmasa, bu hafta xaridlar qilmay turganingiz ma`qul.

Ish bilan bo`lib sog`ligingizga bee`tibor bo`lmang.

Sunbula

Biror ishni bajarishdan oldin yaxshilab o`ylab ko`ring. Har bir yumushni aniq reja asosida amalga oshirsangiz yutqazmaysiz. Ana shunda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan ko`ngilsizliklarning oldini olgan ham bo`lasiz. Ishdaziddiyatlardan yiroq bo`ling. Ortiqcha muammo kerak emas, sizga. Dam olish kunlari yaqinlaringiz holidan xabar oling. Balki ular sizning yordamingizga muhtojdir.

Mezon

Kasbiy mahoratni oshirish uchun qulay imkoniyatlar bo`ladi. Yangi g`oyalaringiz amaliyotga joriy etilishi mumkin. Atrofingizdagilar ham sizni qo`llab-quvvatlashadi. Haftaning ikkinchi yarmida moliya ahvolingiz yaxshilanadi. Salomatligingiz bezovta qilyaptimi, kechiktirmay shifokor qabuliga boring. Uning aytganlarini o`z vaqtida bajaring. Shanba — xaridlar uchun qulay kun. Dam olish kunlari do`stlar bilan uchrashasiz.

Aqrab

«Aqrab»lar bu hafta boshi bilan ishga sho`ng`iydi. Yangi takliflarni o`rganish, ularni amaliyotga joriy etish, shartnomalar imzolash — barchasida bosh-qosh bo`lishadi. Ba`zi savollar sizni o`ylantirib qo`yishi mumkin. Bilmaganlaringizni so`rashdan uyalmang. Rahbariyat ham mehnatingizni munosib rag`batlantiradi. Pul borasida muammolarni unutasiz. Dam olish kunlarini farzandlaringiz bilan o`tkazing.

Qavs

Hafta boshida oilaviy muammolarga echim topasiz. Ishda ham berilgan topshiriqlarni a`lo darajada bajarasiz. Boshlig`ingiz sizni qo`llab-quvvatlaydi. Faqat bundan havolanib ketmang.

Boshi ochiq «qavs»lar orzusidagi muhabbatini uchratishi mumkin. Dam olish kunlari do`stlaringiz bilan tabiat bag`rida maroqli hordiq chiqarib, unutilmas taassurotlar bilan qaytasiz.

Jaddiy

Moddiy ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Biznes hamkorlar bilan shartnoma imzolashda ehtiyot bo`ling. Shubhalansangiz, hech ikkilanmay ular taklifini rad eting. Ichki sezgingizga quloq soling. U sizni aldamaydi. Yaqinlaringiz bilan o`zaro ziddiyatlarga duch kelishingiz mumkin. Hissiyotlarga erk bermang. Ana shunda ko`ngilsizliklarning oldini olgan bo`lasiz.

Dalv

Dalv burji sohiblari bu hafta tejamkor bo`lishlari talab etiladi. Aks holda moliyaviy tomonlama qiynalib qolishlari mumkin. Hamkorlar bilan bitim tuzishda shoshilmang. O`z imkoniyatingizdan kelib chiqib, yangi takliflarni qabul qiling. Ish bilan bo`lib oilangizni unutib qo`ymang. Dam olish kunlari farzandlaringiz bilan ko`ngilochar maskanlarga boring.

Hut

Biznes hamkorlar bilan tuzgan shartnomalaringiz o`z samarasini beradi. Moliyaviy ahvolingiz yaxshilanib, mo`maygina daromadga ega bo`lasiz. Bundan ruhlanib, yangi tashabbus bilan chiqasiz. Biroq ish tashvishlarini biroz ortga surib, o`zingizga g`amxo`rlik qiling. Kosmetolog, sartarosh yoki dam olishga boring. Axir, yoz boshlandi!

Sharhlar

O`qishga tavsiya qilamiz

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1