1

​Adashgan tarixning qaytishi...

Madaniyat 04.06.2018, 14:16
​Adashgan tarixning qaytishi...

6 – 8 iyun kunlari dunyo madaniyati darg`alarining nigohi Sankt-Peterburg shahriga qaratiladi. “ O`zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlararo muloqotga yo`l” nomi ostida bo`lib o`tayotgan ushbu ikkinchi xalqaro kongressni dunyo bo`ylab sochilib ketgan o`zbek madaniy merosini saqlab qolish, asrab-avaylash va qaysidir ma`noda “qaytarib olish” maqsadida qo`yilayotgan ulkan qadamlardan biri deb aytish mumkin.

Loyiha davomida ishtirokchilarga dunyoning yirik muzey vainstitutlarida saqlanib kelinayotgan o`zbek madaniyatiga oid asori-atiqalar namoyish etiladi. O`lar orasida Luvr, Ermitaj, Kunstkamera, Britaniya muzeyi va boshqa ko`plab dunyoga mashhur muzeylarini uchratish mumkin.
8-iyun dasturidan “Kunstkamera to`plamlarida o`zbek san`ati”, “Movaraunnahrning madaniy merosi Davlat Ermitaji to`plamlarida VII – XV asrlar”, “Rossiya milliy kutubxonasida jamlangan XV – XVII asrlarga oid Movaraunnahr xattotchilik san`ati na`munalari”, “Fransiya milliy kutubxonasida qo`lyozmalarida o`zbek madaniy merosi”, “Turkiya to`plamlarida Alisher Navoiy asarlari”, “O`zbekiston madaniy merosi Kembridj to`plamlarida”, “Britaniya muzeyi to`plamlarida sug`d numezmatikasi”, “Hindiston Milliy muzeyi to`plamlari”, “Luvr muzeyi to`plamlarida o`zbek madaniy merosi” kabi taqdimotlar o`rin olgan. Bu taqdimotlarni to`plash jarayonida yutimiz va xorijlik tadqiqotchilaridan iborat katta jamoaning mehnati singdi.

Buning isbotini Buyuk Britaniya Pembruk Kolleji Fors tadqiqotlari markazi direktori Doktor Firyuza Melvillning quyidagi fikrlarida kurishimiz mumkin:

–Men ushbu loyihada ishtirok etishdan baxtiyorman, – Buyuk Britaniya Pembruk Kolleji Fors tadqiqotlari markazi direktori Doktor Firyuza Melvill. – Bu tashabbus natijalari haqiqatdan ham taassurotga boy. Markaziy Osiyo san`ati va madaniyatining dunyo bo`ylab kolleksiyalariga bag`ishlangan ushbu yuqori sifatli ilmiy nashrlar to`plamini yaratish uchun bor yo`g`i uch yil sarflanganligiga ishonish qiyin. Ularning ustida yuqori sifatli mutaxassislar ish olib borgani ko`rinib turibdi. Men loyiha bo`yicha dunyoning turli nuqtalari: Sankt-Peterburg, Toshkent, Moskva, Kembrijga qilingan sayohatlar davomida ular bilan birga ishlab yaxshigina tajribaga ega bo`ldim.

Darhaqiqat, yurtimiz madaniyati dunyoning barcha burchaklariga kirib borgan. Ular qaysi yo`l bilan, kimlar tomonidan, qancha miqdorda olib ketilgan – bularni o`rganish tadqiqotchilar oldida turgan muhim vazifalardan. Nima bo`lganda ham loyiha madaniyatimiz ildizlarining biz o`ylagandan ko`ra chuqurroq ekanligini, bugungi farovon hayotning poydevori ota-bobolarimizning peshona teri va aql -zakovati ustiga qurilganini yana bir bor isbotlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1