1

Arab mamlakatlarida Ramazon oyidagi o`ziga xos an`analar

Hidoyat sari 04.06.2018, 16:39
Arab mamlakatlarida Ramazon oyidagi o`ziga xos an`analar

Butun dunyo musulmonlari uchun muborak Ramazon oyi xuzurbaxsh an`analarga to`lib toshgan. Hattoki ulardan ayrimlari bizlarga no`malum ham bo`lishi mumkin.

O`zining ko`p asrlik tarixi davomida islomiy an`analar u yoki bu xalqning mahalliy odatlari bilan qorishib ketganki, buning oqibatida bu oyni nishonlash har bir yurtda o`ziga xos alohida tarzga aylangan. Keling, musulmon o`lkalarda bu muborak oyda qanday o`ziga xos odatlar borligi haqida tanishib chiqamiz.

Ramazon oyini kutib olish


Ramazon kirib kelishi bilan musulmonlar bir-birlarini «Ramazon muborak!» deb tabriklaydilar. Bu Ramazon oyining birinchi kunlarida eng ko`p tarqalgan tabrik so`z bo`lib, «Ramazon oyi sizga barokotli bo`lsin!» degan ma`noni bildiradi. Shuningdek, «Xayrli Ramazon!» deb gapirish ham qabul qilingan.

Og`iz ochish


Iftorlik – og`iz ochish vaqti bo`lib, quyosh botishi bilan kiradi. Payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v) hadislariga ko`ra og`izni suv va xurmo bilan ochish sunnat hisoblanadi. Shuning uchun ham bu oyda Ramazon oyining ramzlaridan faqatgina yarim oyni emas, balki xurmo rasmlari tushirilgan tabrik (pochta) qog`ozlarini ham ko`rishingiz mumkin.

Ka`bani ushlash


Ko`plab musulmonlar uchun hayotlari davomida bir martagina bo`lsa-da Ka`baga teginish orzu hisoblanadi. Buning uchun Makkaga borish va ziyorat ibodatini bajarish lozim. Ramazon oyida ko`proq umra ziyorati amalga oshiriladi, chunki solih amallar uchun bu oyda beriladigan ajrlar qolgan paytlarga nisbatan mo`lroqdir. Hattoki, garchi o`rnini bosmasa-da, bu muqaddas oyda qilingan (umra) ziyoratiga mukofot (miqdori) hajning savobiga tenglashtiriladi.

«Fonus» chiroqlari


Porlovchi chiroqlarning yonib turishi Ramazonning eng yorqin lahzalardan biri bo`lib, buni butun Qohira bo`ylab kuzatsangiz bo`ladi. Malumotlarga ko`ra, bunday an`ana fotimiy xalifalardan bo`lgan Al-Muiz yo`llarini yoritish bilan bog`liq. 969 yilda xalifa Qohirada oyni kuzatish uchun Muqottim tog`iga chiqqanida xalq uning yo`lini shunday yoritib borgan.

«as-Siniya» o`yini


Iroqning Kirkuk shaxrida «as-Siniya» ko`ngil ochar xalq tomoshasi bo`lib, arabchadan tarjima qilganda «quti, tarnov» degan ma`noni anglatadi. Bu o`yin butun Ramazon davomida iftorlik tugashi bilan erkaklar ishtirokida o`ynaladi. Mohiyatiga ko`ra o`yin ko`pchilikka tanish. Patnis ustida joylashgan va to`ntarilib qo`yilgan mis kosachalar ostiga yashirib qo`yilgan o`yin suyakchalarini topa olish kerak.

Zambarakdan o`q uzish


Qadimda butun Yaqin Sharqda tong otishi va kun botishini bildirish uchun zambaraklardan o`q uzishgan. Bu orqali ro`zadorlar og`iz ochishini bilib olganlar. Avvallari baland ovoz chiqaruvchi yoki uzoq masofadagi odamlarga xabar berish uchun boshqa jihozlar bo`lmagan, shuning uchun mana shunday noodatiy zamonga mos usullardan foydalanishgan. Albatta (bugun) o`q otishlar avvalgiday zarur emas, uning ustiga bu faqat Yaqin Sharq odatlaridan bo`lib, hozirda aholini xabardor qilish uchun faqatgina ramziy ishora sifatida ishlatilib kelinadi.

«Xag al-Lyayla»


BAA da aholini Ramazon kelganidan xabardor etish uchun o`ziga xos an`ana bor.

Bolalar kechki payt yaqin ko`chalarni aylanib, qo`shni xonadon eshiklari taqillatib, «Atuna xag al-layla» deb chaqirishadi. Tarjima qilinganda «oqshom uchun bizga shirinliklar bering» deganidir.

Boshqa mamlakatlarda bu an`ananing nomi boshqacha bo`lishi ham mumkin. Masalan, Qatarda «Garangao» deb atashadi va oyning birinchi emas, balki 14-kechasida bajarishadi. Bu atama «bir paytda bir necha kishining taqillatishidan keladigan tovush» ma`nosini bildiruvchi «gara» (Fors ko`rfazidagi Xalij arab shevasidan) degan so`zdan olingan. Bunday qiziqarli odat Ramazon oyida ro`za tutgan bolalarni rag`batlantirish uchun odat bo`lib qolgan.

Tonggi do`mbira ovozlari


«Mesaxarati» odati, yoki saxarlikka tong otishidan oldingi chaqiruv bo`lib, Misrda tarqalgan. Do`mbirachi shaxar ko`chalari bo`ylab do`mbira zarblari ostida qo`shiq kuylab, insonlarni ro`za tutish uchun tonggi taomlanish – saxarlikka chaqirishgan. Bu an`ana Forz ko`rfazining ko`pgina mamlakatlarida hozirgi kungacha ham davom etib kelmoqda.

Shirinliklar ulashish


Ramazon – bu yangi shirin narsalar ta`tib ko`rish oyi. Musulmonlar o`zlarining sevimli shirinliklari bilan bo`lishadilar, chunki shirinliklar xursandchilik kunlarni yanada yoqimliroq qiladi deb hisoblashadi. Faqat bunga qattiq jon kuydirib, o`zingizni urintirib qo`ymasligingiz kerak.

Iyd al-Fitrni bayram qilish


Butun islom dunyosida Ramazonning yakunlanishi asosiy bayramlardan biri hisoblanadi. Iyd al-Fitr – og`iz ochish bayrami bo`lib, ro`za oyi tugaganini bildiradi. Bu kunda musulmonlar uylarini bezatadilar, eng yaxshi (chiroyli) kiyimlarini kiyadilar, bir-birlarinikiga mehmonga borib, hadyalar ulashadi.

Ixtiyorjon Po`latov tayyorladi
"info.islom.uz"dan olindi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1