Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining Toshkentdagi filialiga o`z hujjatlarini topshirgan hamyurtimiz Iqlima Komilova kirish imtihonlarida qo`lga kiritish mumkin bo`lgan maksimal 300 ballni qo`lga kiritdi.
Universitet saytida berilgan ma`lumotlarga ko`ra, ushbu ko`rsatkich avval hech qachon kuzatilmagan. Iqlima Komilova matematika, informatika va rus tili fanlari bo`yicha har biridan eng maksimal ballni to`plagan.
Ayni damda mandat komissiyasining qarori e`lon qilinmagan bo`lsada, I.Komilova universitetning amaliy matematika fakulteti talabalari orasida birinchilardan bo`lib o`rin oladi, degan umiddamiz.
Iqlima Komilova Xorazm viloyatida dunyoga kelgan, 10 yoshida ota-onasi bilan Toshkentga kelgan. Maktabni tamomlagach, International House-Tashkent akademik liseyini qizil diplom bilan tamomlagan.