1

"Scorpion"ning premerasi qachonligi ma`lum bo`ldi

Madaniyat 11.06.2018, 09:46
"Scorpion"ning premerasi qachonligi ma`lum bo`ldi

"Scorpion" filmining suratga olish ishlari o`z nihoyasiga etdi.

Ko`plab xorijlik mutaxassislardan tarkib topgan ijodiy guruh uch oy davomida Toshkent, Sankt-Peterburg hamda Marokashning bir qancha shaharlarida qizg`in ish olib bordi.

Yoshlar o`rtasida xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashishga da`vat etuvchi filmda Farxod Mahmudov, Karim Mirxodiev, Yulduz Rajabova, Ra`no Shodieva kabi taniqli aktyorlar ishtirok etgan.


Shuningdek, filmda mashhur turkiyalik aktyor Murat Yildirim va rossiyalik aktyor Vyacheslav Razbegaev ham suratga tushgan.

Hozirda ijodiy guruh filmning keyingi bosqich jarayonini ustida ishlmoqda. Jarayonda xorijlik mutaxassislar jumladan, filmning ovoz dizayni ustida Geri Burjua (AQSh, “Prevosxodstvo borna”, “Perve mstiteli”) va Aleksey Sinisin (Rossiya. “Savva”, “Zashitniki”) ishlaydi. Ovoz ustida ishlash jarayoni “Mosfilm” kinokonserni negizida amalga oshiriladi.

Rang-tasvir ishlari “Legenda 17”, “Dvijenie vverx”, “Viking” kabi filmlarda ishlagan Moskvaning “Color Kitchen” kompaniyasi hamkorligida olib boriladi. Film musiqasi uchun rosiyalik taniqli bastakor Ilya Zudin (“Dinamit” guruhining sobiq solisti) taklif qilingan.


Ma`lumot o`rnida, ushbu loyiha O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan suratga olingan bo`lib, film premerasi joriy yilning oktyabr oyida o`tkaziladigan “Prologue” Xalqaro kinofestivalida namoyish etilishi rejalashtirilgan.



Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1