1

O`zbekistonda uchta yangi vaksina joriy etiladi

Salomatlik 12.08.2014, 11:24
O`zbekistonda uchta yangi vaksina joriy etiladi

2014 yil 1 avgust kuni O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov O`zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o`smirlar salomatligini muhofaza qilish bo`yicha 2014-2018 yillarga mo`ljallangan davlat dasturini tasdiqladi, bu haqda UzDaily nashri xabar beradi.

Mazkur dasturga muvofiq O`zbekiston milliy emlash taqvimiga muvofiq bolalar va o`smirlarning 97%ni profilaktik vaksinalar bilan qamrab olishni rejalashtirmoqda.

Shu o`rinda O`zbekiston 2014 yili rotovirusli infeksiyaga qarshi vaksinasiyani joriy etayotganini qayd etish lozim. 2015 yilda bolalarni prevmokokkli infeksiyaga qarshi, 2016 yilda esa inson papilloma HPV-virusiga qarshi emlash ishlari boshlanadi.

O`zbekiston hukumati ushbu maqsadlarga byudjetdan 36,227 mlrd so`m ajratishni hamda Vaksinasiya va immunizasiya bo`yicha global alyans va JSSTning $4,5 mln miqdoridagi mablag`ini jalb etishni rejalashtirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1