Savol: Qaysi kunlari nafl ro`za tutish makruh bo`ladi?
Javob: Ashuro kunida (Muharram oyining o`ninchi kuni) to`qqizinchi yo o`n birinchi kunini qo`shmay ikkala hayit kuni va tashriq kunlari (qurbon hayitidan keyingi uch kun), faqat juma kuni, faqat shanba kuni ro`za tutish makruh bo`ladi. Lekin kunora ro`za tutishni odat qilib olgan kishilar uchun u ikki kunda nafl ro`za tutish makruh bo`lmaydi.
Payg`ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): «Alloh taologa eng sevikli ro`za Dovud (alayhissalom)ning ro`zasidir. Dovud (alayhissalom) bir kun ro`za tutar, bir kun tutmas edilar», deganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Shuningdek, shak kuni ro`za tutish ham makruhdir.
"So`ragan edingiz" kitobi asosida tayyorlandi