Microsoft 25 dollarlik telefonini taqdim etdi

Hi-tech 12.08.2014, 14:51
Microsoft 25 dollarlik telefonini taqdim etdi

Microsoft kompaniyasi bahosi 25 AQSh dollariga teng Nokia 130 telefonini taqdim etdi. Kompaniyaning xabar qilishicha, telefon Osiyo va Afrika bozoriga mo`ljallangan.

Kompaniya ushbu qurilmani telefondan foydalanishni endigina boshlaganlar yoki  smartfonlariga qo`shimcha qilib, ishonchli va zahira uchun telefon izlayotganlar uchun ajoyib tanlov deb izohlamoqda.

Bahosi 25 AQSh dollar (19 evro) bo`lgan telefon joriy yilning uchinchi choragidan Xitoy, Misr, Hindiston, Indoneziya, Keniya, Nigeriya, Pokiston, Filippin va Vitnamda sotuvga chiqadi, deya xabar beradi Day.az nashri. 

Microsoft kompaniyasining mobil qurilmalar bo`yicha vise-prezidenti Jo Xarlouning qayd qilishicha, ushbu yo`l bilan kompaniya arzon telefonga bo`lgan talabni qondirmoqchi. Kompaniya hisob kitobiga ko`ra, dunyoda yiliga 35 dollardan arzon bo`lgan 300 millionga yaqin telefon sotiladi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1