Haftalik bashorat: yoz tuhfalaridan bahramand bo`ling!

Munajjimlar bashorati 18.06.2018, 10:40
Haftalik bashorat: yoz tuhfalaridan bahramand bo`ling!

18—24 iyun, 2018 yil

Hamal

Hafta davomida juda faol bo`lasiz. O`zingizni yanada yaxshi anglashingiz va iqtidoringizni namoyish etish uchun imkon tug`iladi. Ishingizda muvaffaqiyatlarga erishasiz. Haftaning ikkinchi yarmida biznes borasida omad kulib boqada. Muhim va foydali shartnomalarni imzolaysiz. Turli ko`ngilochar tadibirlarda ishtirok etishingiz mumkin. Salomatligingizga ham e`tiborli bo`ling. Dam olish kunlari oilaviy sayohatga chiqishingiz kutilmoqda.

Savr

Moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun qulay imkon tug`iladi. Bundan unumli foydalanib qoling. Aks holda, bunday vaziyat yana bo`lmasligi mumkin. Boshlig`ingiz buyurgan topshiriqlar bir qarashda qiyindek tuyulishi mumkin. Aslida unday emas, ularni zo`r ishtiyoq va qiziqish bilan amalga oshirasiz. Faqat pala-partishlikka yo`l qo`ymang. Salomatligingizga ham jiddiy ahamiyat bering.

Javzo

Bu hafta «javzo»lar uchun yangi imkoniyatlar eshigi keng ochiladi. Hamakorlaringiz bilan muhim shartnomalarni imzolaysiz. Natijada moddiy ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Farzandlaringiz ulkan yutuqlarni qo`lga kiriib, sizni xursand etishadi. Haftaning ikkinchi yarmida anchadan beri uchrashmagan qadrdon do`stlaringiz bilan ko`rishib maroqli hordiq chiqarasiz.

Saraton

Hayotdan zavqlanib, baxtli yashashni o`rganing. Muammolarni o`ylab, tushkunlikka tushmang, ular vaqtinchalik. Siz juda halol va adolatlisiz. Ana shu fazilatingizni atrofingizdagilar juda qadrlashadi. Haftaning ikkinchi yarmida xizmat lavozimingizdan ko`tarilishingiz mumkin. Ko`plab foydali takliflar bo`ladi. Ularni qabul qilishda shoshilmang. Dam olish kunlari tog`-yon bag`irlarida sayr qilib, maroqli hordiq chiqaring.

Asad

Barcha ishlaringizga ulgurish uchun vaqtingizni to`g`ri taqsimlang. Haftaning birinchi yarmida moliyaviy ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Ammo xarajatlarda ehtiyotkor bo`ling. Juma — xarid uchun qulay kun. Oilada er-xotin bamaslahat ish qilsangizlar ko`ngilsizliklarning oldini olgan bo`lasizlar. Dam olish kunlari ko`pdan beri ko`rishmagan do`stlaringiz tashrifi kutilmoqda. Bundan, albatta,xursand bo`lasiz.

Sunbula

Hafta «sunbula»lar uchun sarguzashtga boy bo`ladi. Ishingizga mas`uliyat bilan yondashing. Ana shunda atrofdagilarning mehrini qozonasiz. Hafta o`rtasida ishingiz yanada samarali bo`ladi. Xarid qilish, do`stona uchrashuvlar hamda sayohat uchun ham qulay imkon tug`iladi. Dam olish kunlari ko`nglingiz romantik sarguzashtlarni tusab qolishi mumkin. Yozning oftobidan ehtiyot bo`ling.

Mezon

Ushbu hafta movqeingiz ham, daromadingiz ham oshishiga ishoning. Ishbilarmon hamkorlar bilan ikkilanmasdan shartnoma imzolang. Ular sizning takliflaringizni jon, deb qabul qiladi. Va bundan xursand bo`lishadi. Natijada, mo`maygina daromadga ega bo`lishingiz mumkin. Salomatligingizni tiklash uchun qulay fursat bo`ladi. Dam olish kunlari maza qilib hordiq chiqaring.

Aqrab

Maqsadingizga erishish uchun puxta reja tuzib oling. Ana shunda barcha ishingizni ko`ngildagidek amalga oshirasiz. Hafta boshida muhim uchrashuvlarda ishtirok etib, foydali shartnomalarni imzolaysiz. Natijada, moliyaviy holatingiz yaxshilanadi. Biroq sizni chalg`itadigan, asabingizga tegadiganlar ham uchrashi mumkin. Ularga ahamiyat bermang. Shanba — oilaviy dam olish uchun qulay kuni.

Qavs

Ko`pdan beri echimini kutib yotgan muammolarni hal etasiz. Faqat buning uchun faol bo`lishingiz kerak. Ana shunda iqtisodiy holatingiz ham yaxshilanib, mo`may daromadga ega bo`lasiz. Tashabbuskorligingiz bilan jamoada yaxshi obro`ga egasiz. Rahbariyat ana shu fazilatingizni inobatga olib lavozimingizni oshirishi mumkin.

Jadiy

Bu hafta sizga foydali ish taklif etiladi. Uni qabul qilishda yaqinlaringiz bilan maslahatlashing. Haftaning ikkinchi yarmida yaqinlaringiz sizning ko`magingizga ehtiyoj sezadi. Ulardan yordamingizni ayamang. Hafta oxiri hech qanday ishni rejalashtirmang. Dam olish kunimi, dam oling. Axir yaxshi ishlash uchun ham o`z vaqtida hordiq chiqarish kerak.

Dalv

«Dalv»lar doim etakchilikka intiladi. Bu xislati maqtovga arziydi, albatta. Bu hafta tadbirkorlik qilish uchun qulay fursat tug`iladi. Bundan ham muhimi, siz bilan hamkorlik qilishga qiziqqan kishilar bilan uchrashasiz. Haftaning ikkinchi yarmida moliyaviy holatingiz yaxshilanadi. Shanba va yakshanba qiziqarli sarguzashtlarga boy bo`ladi.

Hut

Hafta boshida muhim shartnomalarni imzolashda, hech ikkilanmang hammasini uddalaysiz. Tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etasiz. Natijada, mo`may daromadga ega bo`lasiz. O`zingizni haddan tashqari urintirmang. Me`yoridan ortiq ishlashingiz sog`ligingizga salbiy ta`sir etishi mumkin. Hafta oxirida yaqinlaringiz bilan dildan suhbatlashib, maroqli hordiq chiqarasiz.

Sharhlar

O`qishga tavsiya qilamiz

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1