AsosiySport

28 dekabr O`zbekiston Iroqqa qarshi maydonga tushadi

O`zbekiston milliy terma jamoasi 28 dekabr kuni Dubayda Iroq terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

“O`FF Terma jamoalar markazi bergan ma`lumotga ko`ra, ikkala tomon bu borada o`zaro kelishuvga erishgan va uchrashuv 28 dekabr kuni BAAning Dubay shahrida o`tkazilishiga kelishib olingan”,-deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, 20 avgust O`zbekiston milliy terma jamoasi Bokuda Ozarbayjon milliy terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi. 3 sentyabr kuni esa terma jamoamiz Iordaniya, 8 sentyabr Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ikkala uchrashuv ham Toshkentda bo`lib o`tadi.

Shuningdek, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz 6 oktyabr kuni Doxada Qatar terma jamoasiga, 10 va 14 oktyabr kunlari Dubayda Bahrayn va BAA terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

    Boshqa yangiliklar