AsosiySport

Ermatov: “Messi yagona, Messi bitta”

Kecha “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi tomonidan o`tkazilgan “Istiqlol farzandlari” yoshlar festivali doirasida dunyo rekordchisi Ravshan Ermatov bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Suhbat davomida Ravshan Ermatov Messi haqida o`z fikrlarini aytib o`tdi. Muxlislarning “Agar jarohat olmaganingizda Messidek futbolchi bo`larmidingiz?”,-degan savoliga u qo`yidagicha javob berdi.

“Yo`q. Bunga javobim aniq, chunki Messi yagona, Messi bitta. Qolgan futbolchilar ham iqtidorli, lekin ular o`z mehnati bilan erishgan, Messi esa tug`ma iste`dod. Shuning uchun men Messidek bo`lolmasdim. Lekin Messi bilan maydonda ko`p muloqot qilganmiz. Bir-ikki qo`pol o`ynaganda og`zaki, inglizchalab ogohlantirganman. Gapimni tushunmaganmi yo yaxshi gapga o`rganmaganmi, oxiri sariq kartochka berganimdan keyin o`zini bosib olgan”,-dedi FIFA hakami.

    Boshqa yangiliklar