Ebola virusi tarqalgan Afrika mamlakatlaridan uch sportchi Nankinda bo`lib o`tadigan o`smirlar o`rtasidagi olimpiada o`yinlarida qatnashishlari uchun ruxsat berilmadi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya Qo`mitasi press-relizida xabar qilindi.
Aynan qaysi mamlakat sportchilariga ruxsat berilmagani aytilmagan. Faqatgina ular Afrikaning g`arbiy qismidan joylashganliklari aniq.
Xabarda qayd etilishicha, XOQ va Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Xitoy sog`liqni saqlash organlari bilan hamkorlikda ish olib borishmoqda va Ebola bilan zararlanish darajasi juda ham past. “Biz bir necha sportchi musobaqada qatnasha olmasligidan afsusdamiz, ular virus deb, ikki barobar aziyat chekishdi. Agarda Eboladan jabrlangan mamlakatlar Milliy olimpiya qo`mitalari olimpiada ochilish marosimida ularning bayroqlari stadionda ko`tarilishini istasalar, ularning iltimoslari bajariladi”,-deyiladi xabarda.