1

AQShda Mirzo Ulug`bek haqidagi film taqdimoti bo`lib o`tdi

Madaniyat 25.06.2018, 11:31
AQShda Mirzo Ulug`bek haqidagi film taqdimoti bo`lib o`tdi

AQShning Los-Anjeles shahrida Sharqning buyuk mutafakkiri va Movarounnahr hukmdori Mirzo Ulug`bek hayoti va ilmiy merosi haqida hikoya qiluvchi "Ulug`bek. Osmon toqiga qo`yilgan narvon" tarixiy hujjatli filmining taqdimoti bo`lib o`tdi. Bu haqda Karimov fondining Facebook'dagi sahifasida ma`lum qilindi.

Ushbu film Lola Karimova-Tillyaeva va uning turmush o`rtog`i Timur Tillyaevning prodyuserligi ostida rejissyor Bahodir Yuldoshev tomonidan suratga olingan.

Los-Anjelesdagi taqdimotda 1969 yilda "Apollon 11" missiyasi doirasida Oy yuziga ikkinchi bo`lib qadam bosgan afsonaviy amerikalik astronavt Bazz Oldrin va tarixiy kinolentada bosh rolni ijro etgan aktyor, jahon kinosi yulduzi Armand Assante ishtirok etdilar.

Lola Karimova-Tillaeva na premere istoricheskogo dokumentalnogo filma v Los-Andjelese.

Lola Karimova-Tillaeva na premere istoricheskogo dokumentalnogo filma v Los-Andjelese.

Mazkur kinoasar 2017 yilda 74-chi Xalqaro Venesiya kinofestivalida "Eng yaxshi xorijiy hujjatli film" nominasiyasida nufuzli "Kineo" mukofotiga sazovor bo`ldi, Italiyaning Iskya orolida bo`lib o`tgan xalqaro kinofestivalda esa "Eng yaxshi hujjatli film" nominasiyasida g`olib bo`ldi.

Shu yil sentyabr oyida "Ulug`bek. Osmon toqiga qo`yilgan narvon" filmini o`zbek tilida tekin ko`rish mumkin bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1