AsosiySport

Nankin-2014. Terma jamoamiz hisobida ikkita bronza

17 avgust kuni Xitoyning Nankin shahrida boshlangan II o`smirlar yozgi olimpiya o`yinlarida sportning 17 turi bo`yicha musobaqalar o`tkazilib, mamlakatimiz vakillari dzyudo, og`ir atletika, suzish, sport gimnastikasi, akademik eshkak eshish va stol tennisi bo`yicha bo`lib o`tgan bahslarda ishtirok etdilar. Bu haqda O`zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar beradi.

Yurtimiz sportchilari birinchi kungi musobaqalardayoq ikkita bronza medaliga sazovor bo`ldilar. Jumladan, dzyudo kurashi bo`yicha vazni 66 kg.gacha bo`lgan polvonlar bellashuvida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Suhrob Tursunov hamda og`ir atletika bo`yicha o`smirlar o`rtasida o`tkazilgan bahslarda Adhamjon Ergashev (-56 kg) sovrindorlar safidan o`rin egallashdi.

    Boshqa yangiliklar