21 avgust kuni Janubiy Koreyaning Incheon shahrida, kelasi oyda start oladigan Osiyo O`yinlarining futbol musobaqasiga qur`a tashlandi. Bu haqda O`FF rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko`ra, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston terma jamoasi musobaqaning «V» guruhida Gonkong, Bangladesh va Afg`oniston terma jamoalariga qarshi o`ynaydi.
Eslatib o`tamiz, mazkur musobaqada terma jamoalar 23 yoshgacha bo`lgan futbolchilar bilan ishtirok etishadi. Reglamentga ko`ra, terma jamoalar shuningdek yoshi 23 yoshdan katta bo`lgan 3 nafar futbolchini tarkibga qo`shib olish imkoniga egalar.
Ma`lumot uchun, Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo`lib o`tadigan Osiyo O`yinlari futbol musobaqasi 14 sentyabr kuni start oladi va 3 oktyabrgacha davom etadi.
Osiyo O`yinlari. Futbol.
«V» guruhi.
O`zbekiston
Gonkong
Bangladesh
Afg`oniston