1

O`zbekistonning tashqi qarzi 14,7 mlrd dollargacha o`sdi

Iqtisodiyot 28.06.2018, 11:05
O`zbekistonning tashqi qarzi 14,7 mlrd dollargacha o`sdi

Joriy yilning birinchi choragida O`zbekistonning tashqi qarzi 14,5 mlrd dollardan 14,7 mlrd dollargacha oshdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e`lon qilingan hisobotda ko`rsatib o`tilgan.

Qarzdorlikning asosiy o`sishi davlat sektoriga to`g`ri keladi, u erda kurs o`zgarishlarini hisobga olgan holda davlat qarzlari o`sishi 329 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Bu erda bosh kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan kreditlar hisobga olinmagan.

Davlat tashqi qarzlari summasining qoldig`i 7,6 mlrd dollardan 7,9 mlrd dollargacha oshgan.

Xususiy tashqi qarz bo`yicha majburiyatlarning o`sishi bank sektorida (70 mln dollar) va nobank moliya muassasalari (3 mln dollar) sektorida kuzatildi.

Kompaniyalarning xususiy tashqi qarzlari miqdori asosiy qarzdorlik va foizlar bo`yicha qarzni qoplash hisobiga 222 million dollarga kamaydi. Natijada, xususiy tashqi qarz bo`yicha qarzdorlik 6,3 milliard dollardan 6 milliard dollarga pasaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1