AsosiySport

Kamerunlik futbolchi maydonda o`ldirildi

Jazoirning “JS Kabiliya” futbol klubi hujumchisi kamerunlik Albert Ebosse “USM Jazoir”  muxlisi tomonidan otilgan buyumning boshiga tegishi oqibatida halok bo`ldi.

 Bu haqda ITAR-TASS Fransiya nashrlariga tayanib xabar bermoqda.

Ushbu uchrashuv 2:1 hisobida Ebossa jamoasining mag`lubiyati bilan yakunlangan, futbolchi klubining yagona to`pini kiritgandi. Uchrashuvdan so`ng, futbolchilar maydonni tark etayotgan paytda muxlislar futbolchilarga turli buyumlarni uloqtirishdi. Ulardan biri kamerunlik futbolichining boshiga tegdi. Futbolchi shifoxonaga etkazildi, ammo, u erda shifokorlar uning o`limi haqida e`lon qilishdi.

Jazoir Ichki ishlar vazirligi ushbu ish yuzasidan tergov ishlarini boshlab yuborgan.

Qayd etlishicha, Ebosse 2013 yildan buyon “JS Kabiliya” sharafini himoya qilib kelgan. O`tgan mavsum esa 17 ta to`p kiritib, musobaqaning to`purari nomiga sazovor bo`lgan. 

    Boshqa yangiliklar