AsosiySport

Maydonda o`ldirilgan futbolchining oilasi 100 ming AQSh dollari miqdorida tovon puli oladi

Jazoir futbol federasiyasi “JS Kabiliya” klubi futbolchisi Albert Ebosse oilasiga 100 ming AQSh dollari miqdorida tovon puli to`lanishini kafolatlaydi.  Bu haqda Jazoir futbol federasiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Eslatib o`tamiz, Albert Ebosse “JS Kabiliya” - “USM Jazoir” klublari o`rtasidagi uchrashuvda muxslislar tomonidan otilgan buyumning boshiga tegishi oqibatida halok bo`lgan.

Ushbu uchrashuvda 2:1 hisobida Ebosse jamoasining mag`lubiyati bilan yakunlangan, futbolchi klubining yagona to`pini kiritgandi. Uchrashuvdan so`ng, futbolchilar maydonni tark etayotgan paytda muxlislar futbolchilarga turli buyumlarni uloqtirishdi. Ulardan biri kamerunlik futbolichining boshiga tegdi. Futbolchi shifoxonaga etkazildi, ammo, u erda shifokorlar uning o`limi haqida e`lon qilishdi.

    Boshqa yangiliklar