1

Nankin-2014. Jamoamiz hisobida uchta oltin

Sport 25.08.2014, 17:31
Nankin-2014. Jamoamiz hisobida uchta oltin

Yunon-rum kurashi bo`yicha vazni 50 kg.gacha bo`lgan polvonlar musobaqasida barcha raqiblari ustidan g`alabaga erishgan hamyurtimiz Ilhom Bahromov o`smirlar olimpiada o`yinlarining oltin medaliga sazovor bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

Shu tariqa, O`zbekiston sportchilari tomonidan o`smirlar olimpiada o`yinlarida qo`lga kiritilgan medallar soni 8 taga etdi. 

Quyida, o`smirlar olimpiada o`yinlarida sovrindor bo`lgan sportchilarimiz ro`yxati berilgan:

Oltin - Ilxom Bahromov (yunon-rum kurashi)

Oltin - Vladimir Svechnikov (o`q otish, mikst)

Oltin - Suhrob Tursunov (dzyudo, jamoaviy)

Kumush - Umida Abdullaeva (taekvondo)

Kumush - Farhodbek Sobirov (og`ir atletika)

Bronza - Suhrob Tursunov (dzyudo)

Bronza - Adhamjon Ergashev (og`ir atletika)

Bronza - Timur Qodirov (sport gimnastikasi)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1