"Manchester Yunayted" klubi "Real" yarim himoyachisi Anxel Di Mariyani sotib olganini rasman ma`lum qildi. Bu haqda Uff.uz sayti xabar beradi.
26 yoshli yarim himoyachi ingliz klubi bilan besh yillik shartnomaga imzo chekkan. Di Mariyaning transfer qiymati 59,7 million funt ekani xabar qilindi.
Eslatib o`tamiz, Di Mariya "Real"dan yiliga 8 million evro maosh talab qilgan, ammo madridliklar bunga ko`nmagan edilar.
Shu sababli Di Mariya klubdan ketishga qaror qildi. "MYu" futbolchining bu talabini qanoatlantirgani aytilmoqda.