AsosiySport

Klublar legionerlarimizni Osiyo o`yinlarida ishtirok etishlari uchun ruxsat bermadi

Oktyabr oyida Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida bo`lib o`tadigan Osiyo o`yinlariga tayyorgarlik ko`rayotgan terma jamoamiz tarkib borasida muammolarga duch keldi.

Ma`lumki, Osiyo o`yinlarining futbol bo`yicha musobaqasida 23 yoshdan katta bo`lgan 3 nafar futbolchi jamoaga jalb qilinishi mumkin.

Mirjalol Qosimov ushbu  vazifani BAA va Janubiy Koreyada faoliyatini davom ettirayotgan Aziz Haydarov hamda Server Jeparovga ishonib topshirmoqchi edi. Ammo, futbolchilarimiz klublari ularni Osiyo o`yinlarida to`p surishlariga ruxsat bermadi. Sababi, musobaqa FIFA kunlari o`tkazilmaydi. Ya`ni musobaqa o`tkazilayotgan davrda klublar milliy chempionat uchrashuvlarida ishtirok etishlari kerak.

“Aziz Haydarov, Server Jeparov singari yoshi kattaroq tajribali o`yinchilarni ham terma jamoaga qo`shib olishni oldindan o`ylab yurgandim. Biroq Osiyo o`yinlari FIFA kuniga to`g`ri kelmasligi uchun bu borada muammolarga duch kelishimiz mumkinligini ham avvaldan sezgandim. Shunga qaramasdan ular uchun harakat qilib ko`rdik. Ammo rad javobini oldik ”,-deydi Mirjalol Qosimov Championat.Asia nashriga bergan intervyusida. 

    Boshqa yangiliklar