Vazni 69 kg.gacha bo`lgan sportchilar musobaqasida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Bektemir hal qiluvchi final jangida Dominikan Respublikasi vakili Xuan Solanoga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 3:0 hisobida zafar quchib, O`zbekiston delegasiyasi hisobiga yana bir oltin medalni keltirdi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu tariqa, o`smirlar olimpiada o`yinlarida O`zbekiston sportchilari tomonidan qo`lga kiritilgan medallar soni 10 taga etdi.
Quyida, mazkur yirik sport bayramida sovrinli o`rinlarni egallagan sportchilarimiz berilgan:
Oltin – Bektemir Meliqo`ziev (boks)
Oltin – Ilhom Bahromov (yunon-rum kurashi)
Oltin - Suhrob Tursunov (dzyudo, jamoaviy)
Oltin - Vladimir Svechnikov (o`q otish, mikst)
Kumush - Umida Abdullaeva (taekvondo)
Kumush - Farhodbek Sobirov (og`ir atletika)
Kumush – Sulaymon Latipov (boks)
Bronza - Suhrob Tursunov (dzyudo)
Bronza - Adhamjon Ergashev (og`ir atletika)
Bronza - Timur Qodirov (sport gimnastikasi)
Bugun mamlakatimiz sportchilari badiiy gimnastika bo`yicha jamoaviy ko`pkurash musobaqalarida medallar uchun kurash olib boradilar. Mazkur musobaqa Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.