AsosiySport

O`zbekistonlik futbolchi ham ustidan muzdek suv quydi (VIDEO)

O`zbekiston terma jamoasi qanot himoyachisi Vitaliy Denisov ham so`nggi paytlar ijtimoiy tarmoqda katta shov-shuvga aylangan xayriya xarakteriga ega ommaviy tadbirda ishtirok etdi.

Moskvaning “Lokomotiv” klubi futbolchisi ustidan muzdek suv quyilgan video tasvirni Instagram’dagi sahifasiga joyladi.

Eslatib o`tamiz, hozirga kelib, ustidan muzdek suvni quyganlar ro`yxatida Mark Sukerberg, Bill Geyts, Krishtianu Ronaldu, Stiven Jerrard, Jennifer Lopes, Selena Gomes, Jastin Biber, Jastin Timberleyk va boshqa ko`pgina yulduzlarni ko`rishimiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar