AsosiyJamiyat

Fuqaro muhofazasi instituti magistratura bo`limiga 25 kvota ajratildi

'Fuqaro muhofazasi instituti magistratura bo`limiga 25 kvota ajratildi'ning rasmi

2018/2019 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti magistraturasiga qabul to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

Qarorga muvofiq, Fuqaro muhofazasi instituti “Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi bo`yicha magistratura bosqichiga 2018/2019 o`quv yili uchun qabul kvotasi jami 25 ta o`rin (5 ta davlat granti, 20 ta to`lov kontrakt) etib belgilandi.

    Boshqa yangiliklar