1

Bashorat: Baxtli lahzalarga boy hafta!

Munajjimlar bashorati 16.07.2018, 10:08
Bashorat: Baxtli lahzalarga boy hafta!

Hamal

Sizdan bu hafta shoshma-shosharlikka yo`l qo`ymaslik talab etiladi. Ayniqsa, muhim qarorlarni qabul qilishda. Ana shunda ko`pdan beri o`ylantirib kelayotgan savollarga javob topishingiz mumkin. Ularni hal etishda noodatiy usullarni qo`llang.

Ishda – hamkasblaringiz bilan munosabatda murosa yo`lini tanlasangiz aslo yutqazmaysiz. Boshlig`ingiz ham fikrlaringizni inobatga oladi. Dam olish kunlarini oila davrasida o`tkazing.

Savr

Ko`ngilchanligingizdan ko`pchilik foydalanishga urinadi. Muhtojlarga yordam qo`lini cho`zish yaxshi, albatta. Biroq hamma narsa me`yorida bo`lishi kerak. Shuni unutmang.

Muammolar qarshisida o`zingizni yo`qotib qo`ymang. Hech biri asabni buzishingizga arzimaydi. Ularni hal etaman, deb vaqtingizni ham, kuchingizni ham sarflab ovora bo`lmang. Eng yaxshisi, hammasini unuting-da, tog`-yon bag`irlariga oilaviy sayohatga chiqing.

Javzo

Yangi g`oya va takliflaringizni amaliyotga tatbiq etish uchun qulay fursat bo`ladi. Imkon boricha bundan foydalanib qolishga harakat qiling. Axir, buning uchun sizda bilim va salohiyat ham etarli. Yana bu hafta darz ketgan munosabatlarni tiklash uchun ham imkoniyat bo`ladi. Biroq muhim masalalarni hal etishni keyinroqqa qoldirganingiz ma`qul.

Saraton

Har bir ishni o`z vaqtida bajaring. Ortga surganingiz bilan qutulolmaysiz. O`zingizga muammo orttirganingiz qoladi.

Oila a`zolaringiz sizni qo`llab-quvvatlaydi. Buni o`zingiz ham yaxshi bilasiz. Ko`pdan beri unutilgan kasalliklar to`satdan bezovta qilishi mumkin. Kechiktirmasdan o`z vaqtida shifokorga murojaat eting. Dam olish kunlarini oila davrasida o`tkazing.

Asad

Biznes hamkorlar bilan shartnoma imzolashda ehtiyot bo`ling. Qaror qabul qilishdan avval mutaxassislar bilan maslahatlashganingiz yaxshi. Ana shunda muammolarning oldini olgan bo`lasiz. Yaqinlaringiz ham qo`llab-quvvatlashadi. Muhimi, ular sizdan hech qanday manfaat kutishmaydi.

Ish bilan bo`lib salomatligingizni ham unutib qo`ymang. Dam olish kunlari ko`pdan beri ko`rishmagan do`stlaringiz tashrifi kutilmoqda.

Sunbula

Bu hafta sizdan faollik talab etiladi. Iqtidoringizni namoyish etish uchun imkon tug`iladi. Ishda ham omad kulib boqadi. Salomatligingizga ham e`tiborli bo`ling. Dam olish kunlari oilaviy sayohatga chiqishingiz kutilmoqda.

Aqrab

Moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun qulay fursat bo`ladi. Bunday imkoniyatdan, albatta, xursand bo`lasiz. Faqat ortiqcha xarajatlarga yo`l qo`ymang. Aks holda, qiynalib qolishingiz mumkin.

Ishda ham sizga yuklatilgan topshiriqlarni zo`r qiziqish va ishtiyoq bilan bajarasiz. Bunda faqat shoshma-shosharlikka yo`l qo`ymang.

Qavs

Siz uchun bu hafta yangi imkoniyatlar eshigi keng ochiladi. Boshlig`ingiz ham muhim topshiriqlarni sizga ishonib topshiradi. Natijada, xizmat lavozimingiz yuqorilab, moddiy ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Yaqinlaringiz ham yutuqlaringizni eshitib, xursand bo`lishadi. Haftaning ikkinchi yarmida uzoqdagi yaqinlar bilan ko`rishib, maroqli hordiq chiqarasiz.

Jadiy

Muammolarni o`ylab, tushkunlikka tushmang, ular vaqtinchalik. Vaqti-soati bilan hammasi o`z echimini topadi.

Haftaning ikkinchi yarmida ko`plab foydali takliflar bo`ladi. Ularni qabul qilishda shoshilmang. Dam olish kunlari tog`-yon bag`irlarida sayr qiling.

Dalv

Haftaning birinchi yarmida moliyaviy ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Ammo xarajatlar borasida ehtiyotkor bo`ling. Ishda hamkasblaringiz bilan bamaslahat ish tutsangiz ko`ngilsizliklarning oldini olgan bo`lasiz. Dam olish kunlari yaqinlaringizni yo`qlang. Bundan ular, albatta, xursand bo`lishadi.

Hut

Hafta siz uchun sarguzashtga boy bo`ladi. Har ishni mas`uliyat bilan amalga oshirasiz. Hamkasblaringiz ham ana shu xislatingizni qadrlashadi. Hafta o`rtasida do`stona uchrashuvlar hamda sayohat uchun qulay imkon tug`iladi. Bunday fursatdan unumli foydalanib qoling. Dam olish kunlari romantik uchrashuvlar kutmoqda!

Sharhlar

O`qishga tavsiya qilamiz

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1