1

"Mash`al" futbolchilari jamoa yig`iniga borishni istashmayapti

Sport 02.09.2014, 16:57
"Mash`al" futbolchilari jamoa yig`iniga borishni istashmayapti

Muborakning  “Mash`al” klubi bugundan yig`in o`tkazishi kerak edi, ammo, bugundan boshlanishi kerak bo`lgan yig`in biroz kechiktirilgani haqida klub rasmiy tvitter sahifasida xabar qilingan. 

"Asosiy tarkib jamoamiz bugundan boshlanishi kerak bo`lgan mashg`ulotlarni ba`zi sabablarga ko`ra to`xtatib turadi", - deyiladi ushbu xabarda. Ma`lumotda nima uchun jamoa yig`in kechiktirilgani borasida xabar berilmadi. Rasmiy saytda ham, tvitterdagi sahifasida ham bu borada aniq ma`lumot tarqatilmagan. 

Championat.Asia saytining xabar berishicha,  “Mash`al” futbolchilari  jamoa yig`iniga borishni istamagan. Shuningdek, futbolchilar 5 sentyabr Toshkentda “Lokomotiv”ga qarshi bo`lib o`tadigan uchrashuvga ham kelmasligi mumkin.

“Xabarni aniqlashtirish uchun klub futbolchilar bilan bog`langanimizda jamoa yig`iniga borishni istamagani haqida aytib o`tdi. Bugundan boshlanishi kerak bo`lgan yig`inga bironta futbolchi tashrif buyurmagan. Buning sabablarini futbolchilar ham ma`lum qilmagan”,-deyiladi sayt xabarida.

Ushbu vaziyat yuzasidan klub ma`muriyati tomonidan hech qanday rasmiy izoh berilmagan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1