AsosiySUG'DIYONA

Baxtning manzili qaer?

'Baxtning manzili qaer?'ning rasmi

Kimdir baxt osmondan tushishiga ishonadi, boshqa birov uni o`z qo`llari bilan yarata olishiga. Bilasizmi, baxtning ham manzili bor. Va u doim siz bilan. Ko`ksingizga qo`lingizni qo`sangiz, uni tuygandek bo`lasiz...

Siz nima qilyapsiz?

Uch kishi tosh tashirdi. Albatta, ish og`ir, bechoralar qiynalib ketishgan. Bir bekorchixo`ja ulardan birini gapga soldi:

– Nima qilyapsiz?

Mehnat qilayotgn kishi peshanasidagi reza terlarini horg`in artib, javob beribdi: – Eshakdek ishlayapman.

Ikkinchi ishchining oldiga kelib so`radi: – Nima qilyapsiz?

U engini shimarib ishbilarmonlardek dadil javob qytardi: – Pul ishlayapman.

Uchinchi ishchidan so`radi: – Siz nima qilyapsiz?

U osmonga qarab javob beridi: – Masjid quryapman!

Qissadan hissa: faqat buyuk maqsadlarni ko`zlaganlarning hayotigina mazmunli o`tadi.


Uchinchi tilak

Kotiba, ish boshqaruvchi va direktor tushlik qilgani ketishayotgandi. Oldilaridan eski moychiroq chiqib qoldi. Uni bir ishqalashgan edi, jin paydo bo`ldi va har birining bittadan istagini ado etishini aytdi. Kotiba shosha-pisha: “Bogam orollariga borib qolishni va o`sha erda bir umr dam olib yurishni, hech narsadan tashvish chekmaslikni istayman!” Aytilgan so`z – otilgan o`q, jin kotibaning istagini bajo keltirib jannatmonand orolga jo`natib yubordi. “Gavay orollariga borib hordiq chiqarishni, oxirgi rusmdagi katerda sayohat qilishni istayman” – dedi direktor o`rinbosari. Jin uni ham Er kurrasining go`zal maskaniga jo`natib yubordi. Navbat direktorga etdi. U ko`p o`ylab o`tirmay dedi: “Tushlik vaqti tugashi bilan anavi ikki ishyoqmas ish o`rnida bo`lsin!”

Qissadan hissa: har doim boshliqqa birinchi bo`lib gapirish imkonini ber.


Har kim o`zi istagan narsani ko`radi

Yo`l chetida kichkina va chiroyli bir daraxt o`sardi. Bir kuni kechqurun uning oldidan o`g`ri yugurib o`tib ketdi. U uzoqdan daraxtning soyasini ko`rib yaqinlashgan va qo`rqqanidan uni mirshab deb o`ylab, tezroq o`tib ketishga uringan edi.

Yana bir kuni daraxtning oldidan yosh yigit shahdam qadamlar bilan o`tdi. U sevgilisi bilan uchrashuvga chiqqandi. Daraxtning sharpasini uzoqdan sevgilisi deb o`ylab, uning oldiga oshiqib keldi.

Boshqa kuni daraxtning yonidan ona bolasini quchoqlab olib o`tdi. Qo`rqinchli ertaklardagi yalmog`izlar haqida ko`p eshitgan bolakay yo`l chetidagi daraxtni ham jodugar deb o`yladi va yig`lab yubordi.

Ammo... daraxt hamisha daraxt edi.

Qissadan hissa: atrofimizdagi olam bizning aksimiz xolos.


Baxt ortidan...

Mushuk oftobda toblanib yotardi. Uning oldidan kichkina mushukcha dam u yoqqa, dam bu yoqqa yugurib o`ta boshladi. Katta mushuk boshini erinibgina ko`tarib so`radi:

  • Nima qilyapsan?
  • Baxtimning izidan chopyapman. Aytishlaricha, baxt mening dumimda ekan. Agar uni tutib olsam baxtli bo`larkanman. Shunga uni tutaman deb yarim kundan beri yuguraman. Ammo u nuqul mendan qochadi, hech tutqich bermayapti.

Katta mushuk miyig`ida kulib qo`ydi va dedi:

– Bilasanmi, menga ham yoshligimda baxt sening duming deyishgandi, uni tutaman deb sendek rossa yugurganman. Oxiri bir kun hammasi jonimga tegdi va baxt ortidan quvmay qo`ydim. O`z yo`limni topib ketaverdim. Qarasam, dumim ham ortimdan qolmay kelyapti. U bir umr ortimdan ergashib yurdi.

Qissadan hissa: baxt har doim hayotda o`z yo`lini topganlar ortidan ergashib yuradi.

    Boshqa yangiliklar