Homiladorlik haqida 5 afsona va haqiqat

SUG'DIYONA 19.07.2018, 10:41
Homiladorlik haqida 5 afsona va haqiqat

Oliy toifali shifokor, akusher-ginekolog Nafisa SULTONOVA:

1-afsona: Ikki kishi uchun ovqatlanish

Rad etolmaymiz. Ammo ikki kishi uchun ovqatlanish – har doimgidan ikki barobar ko`p eyish, degani emas. Ikki kishi uchun foydali, ya`ni vitaminlarga boy taomlardan tanovvul qilishning o`zi kifoya. Haddan ziyod ovqatlanish natijasida homila kattalashib, tug`ruq jarayoni qiyin kechishi mumkin.

2-afsona: Jinsiy yaqinlik ta`qiqlangan

Yolg`on! Ba`zi erkaklar bolaga zarar etkazib qo`ymay, deb hatto homilador rafiqasining yonida uxlashga ham qo`rqadi. Agar homiladorlik davri sog`lom kechayotgan bo`lsa, hech qanday ta`qiqlar yo`q. Ehtiyotkorroq bo`lsangiz, bas.

3-afsona: Soch qirqish va bo`yash mumkin emas

Yolg`on! Bu har kimning o`z xohishi. Biroq homiladorlik davrida soch bo`yog`idan foydalanish zarar keltirishi, ya`ni allergiya berishi mumkin. Shuning uchun ham soch bo`yashni keyinroqqa qoldirgan ma`qul.

4-afsona: Bo`r eyish mumkin

Yolg`on! Homiladorlik davrida ayolning noodatiy eguliklar eyishi har doim ham ma`qullanavermaydi. Masalan, qishda qulupnay, yozda dovuchcha eyish istagi – bu sog`lom ayolning talabi bo`lsa, bankalab sho`r bodring eyish — past qon bosimi, kilogrammlab olma eyish — qamqonlik, bo`r eyish — kalsiy etishmasligidan darak beradi. Bu holatlarda davolanish kerak.

5-afsona: “UTT mumkin emas”

Yolg`on! hanuzgacha UTTning homilaga salbiy oqibatlari isbotlanmagan. Lekin zarari yo`q ekan, deb har hafta UTTga tushish ham yaramaydi. Yaxshisi, shifokor tavsiyasi bilan UTTga boring.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1