1

Iordaniya shahzodasi FIFA prezidentligi muddatini cheklash kerakligini aytmoqda

Sport 09.09.2014, 09:49
Iordaniya shahzodasi FIFA prezidentligi muddatini cheklash kerakligini aytmoqda

FIFA prezidenti o`rinbosari va Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Xusayn FIFA prezidenti lavozimi muddatini cheklash fikrida ekanligi ma`lum qildi. Shahzoda bu haqda britaniya OAVlariga bergan intervyusi davomida aytib o`tdi.

Avvalroq, FIFAning amaldagi prezidenti Yozef Blatter sentyabr oxirida bo`lib o`tadigan FIFA qo`mitasi yig`ilishida navbatdagi saylovlarda o`z nomzodini qo`yish yoki qo`ymasligini e`lon qilishi haqida xabar bergandik.

“Yozef Blatter o`z nomzodini qo`yish huquqiga ega, ammo, o`zgartirishlar kiritish tadbirlari davom etishi lozim. FIFA tashkilot prezidenti va boshqa lavozimdagi, xususan, ijro qo`mitasi vakillarining amal muddatini ko`rib chiqishi lozim”,-dedi Ali bin Al-Xusayn. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1