1

Ravshan Ermatovga TDIU faxriy professori unvoni berildi

Sport 11.09.2014, 11:57
Ravshan Ermatovga TDIU faxriy professori unvoni berildi

Ravshan Ermatovga Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining faxriy professori unvoni berildi. Bu haqda Stadion.uz sayti xabar bermoqda.

“Kuni kecha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida FIFA referisi, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi Ravshan Ermatov bilan uchrashuv o`tkazildi. Unda universitet rahbariyati, professor-o`qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi”,-deyiladi xabarda. 

Qayd qilinishicha, Ravshan Ermatov ikkinchi mutaxassislik sifatida mazkur universitetni tamomlagan.

Marosim so`ngida esa Ravshan Ermatovga Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining faxriy professori unvoni taqdim qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1