2018 yilning 1 avgust kuni Toshkent shahriga Falastin tashqi ishlar va ekspatriantlar vaziri Riad al-Malkiy boshchiligidagi delegasiya tashrif bilan keladi. Bu haqda O`zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
"Tashrif dasturidan Tashqi ishlar vazirligida O`zbekiston – Falastin muzokaralarini o`tkazish o`rin olgan", - deyiladi xabarda.
Muzokaralar chog`ida ikki tomonlama va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.






